Ancha bo`ldi a maqola yozmaganimizga bilaman. Lekin biz ham shaxsiy hayot va karyera muammolari tufayli maqola yozishga vaqtimiz bo`lmayapti. Maqolani boshlayman unda.
Telegram Stories birinchi marta ochilganida, menga u unchalik yoqmagan edi. Chunki men ilgari Instagram’dan foydalanmagan edim va shuning uchun bu narsalar menga tushunarsiz tuyulgandi. Biroq keyinchalik o‘zim ham stories qo‘ya boshladim va ular menga asta-sekin yoqa boshladi.
Shunga qaramay, Telegram stories qo‘yayotganimda ba’zi noqulayliklarni sezdim. Ya’ni, bu yerda asosiy muammolar quyidagilar edi:
- Stories’larni kategoriyalarga ajratib bo‘lmas edi.
- Stories’larni ma’lum vaqtga rejalashtirib qo‘yish imkoni yo‘q edi.
Shuning uchun, men Telegram’da ochilgan “Telegram Business” funksiyasiga e’tiborimni qaratdim. Bu funksiyaning mening muammolarimni hal qilishi mumkinligini anglab yetdim. Shu sababli men o‘zim uchun @schedule_stories_bot bot yozdim.
Endi esa ushbu botni sizlarga ham tavsiya qilaman. Agar premium versiyasini xarid qilgan bo‘lsangiz, va Storieslaringizni ma'lum bir vaqtda joylashni hohlasangiz foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari botda Storieslaringizni Kategorylarga ajratib qoyib osonlik bilan topshingiz ham mumkin.
Botni ulash.
- Botga /start bosing
- Sozlamalar->Telegram Biznes->Chat Bot ga kiring va @schedule_stories_bot ni yozib Storieslaringizga kirish o`zgartirish va o`chirishga huquqlar bering.

3. Botdan foydalanishingiz mumkin. Bundan so`ng Videoni jo`natib uni rejalashtirishingiz mukin.
Agarda bot yuzasidan sizda qandaydir savol yoki taklif bo`lsa bizning guruhda berishingiz mumkin. Telegram Guruhimiz @uzhackersw_group